So‘rovdan bitimgacha — aniq boshqaruv

Sayt va Telegram so‘rovlarini bir joyga yig‘amiz, menejerlar ishini CRM’da tartibga solamiz va rahbar uchun hisobotlarni yaratamiz.

Rahbar paneli · namunaOktyabr 2026
Aylanma482mln+12%
Foyda96mln+8%
Xodimlar42faol
Pul oqimi:KirimChiqim
Xarajatlar
MaoshSotuvSoliqBoshqa
Sotuv voronkasi
So'rov
120
Muloqot
74
Taklif
40
Shartnoma
24
Xodimlar samaradorligi
83%+4% o'tgan oyga nisbatan
Sotuv menejeri
94%
Buxgalter
90%
Operator
66%

Nimalar qila olamiz

Biznesingiz arxitekturasini quramiz, tizimlarni yaratamiz va bir-biriga ulaymiz.

Biznes arxitekturasi

Jarayonlar xaritasini chizamiz: kim nima qiladi, ma'lumot qayerdan qayerga o'tadi, qaysi ish avtomatlashadi.

  • Jarayonlarni tahlil qilish
  • Tizimlar o'rtasida integratsiya
  • Aniq reja va bosqichlar

Jarayonlarni avtomatlashtirish

Qo'lda yuritiladigan ishlarni tizimga o'tkazamiz, xatolar va yo'qotishlar kamayadi.

  • Xodimlar va ish jarayoni
  • Pul aylanmasi va buxgalteriya
  • Mahsulotlar kirim-chiqimi
  • Texnik qo'llab-quvvatlash

Rahbar dashboardi

Hamma jarayon bitta ekranda jonli diagrammalar bilan. Rahbar qaror qabul qilishi uchun hisobotni kutmaydi.

  • Moliya, sotuv, xodimlar ko'rsatkichlari
  • Real vaqtda yangilanadi
  • Telefondan ham ochiladi

CRM tizimi

Mijozlar, so'rovlar va bitimlar bitta joyda. Kim qachon yozgani va bitim qaysi bosqichda ekani ko'rinib turadi.

  • Sotuv voronkasi
  • Menejerlar hisoboti
  • Eslatma va vazifalar

AI chatbotlar

Telegram, Instagram va saytdagi savollarga o'zbek va rus tilida 24/7 javob beradi, mijozdan kontaktni oladi.

  • Savollarga avtomatik javob
  • Buyurtma qabul qilish
  • Lidni CRM ga uzatish

Boshqa barcha IT xizmatlar

Sayt, veb va mobil ilova, biznesingizga kerak bo'lgan har qanday IT yechimni bajaramiz. Vazifani ayting, qanday qilishni bizga topshiring.

  • Sayt va veb-ilovalar
  • Mobil ilovalar
  • Telegram botlar, integratsiya va API

Biz bilan ish qanday olib boriladi

Oltita aniq qadam: har birida nima qilinishi va qanday natija olishingiz oldindan ma'lum. Muddatlar loyiha hajmiga qarab o'zgaradi.

1

Bepul maslahat

Biznesingiz, maqsadingiz va eng ko'p vaqt oladigan ishlaringiz haqida o'rganib muammoga yechim berish taklifini beramiz.

Muddat: 1 kunNatija: vazifa va maqsadlar aniq bo'ladi
2

Tahlil

Xodimlar, ish ko'rsatkichlari, buxgalteriya va sotuv shuningdek jarayonlarni barchasini to'liq o'rganib chiqamiz.

Muddat: 2–5 kunNatija: joriy holat va muammolar hisoboti
3

Arxitektura va reja

Jarayonlar xaritasini chizamiz, nimani avtomatlashtirishni, muddat va narxni belgilaymiz.

Muddat: 2–4 kunNatija: texnik reja va smeta
4

Qurish va ulash

CRM, chatbot, dashboard va kerakli integratsiyalarni yaratib, bir-biriga ulaymiz.

Muddat: 2–6 haftaNatija: ishlaydigan tizim
5

Sinov va o'rgatish

Tizimni haqiqiy ma'lumotlarda sinaymiz, va avtomatlashgandan keyin boshqaruv jarayonini to'liq o'rgatamiz.

Muddat: 3–7 kunNatija: jamoa tayyor, tizim ishga tushadi
6

Qo'llab-quvvatlash

Natijani kuzatamiz, xatolarni tuzatamiz, biznes o'sgan sari tizimni kengaytiramiz va xavfsizlikini ham ta'minlaymiz.

Muddat: doimiyNatija: barqaror ishlash va rivojlanish

Jamoamiz

AI engineer va dasturchilar, tajribali tizimlashtirishni biladigan mutaxassislardir.

Ziyomuhammad Tojimurodov
Ziyomuhammad TojimurodovAsoschi, CEO
Jamoliddin Isaboev
Jamoliddin IsaboevAI muhandisi
Jasur Mirboboyev
Jasur MirboboyevDasturchi
Zafar Hamidov
Zafar HamidovLoyiha menejeri

Birinchi vazifani birga aniqlaymiz

Hozir so‘rovlarni qanday qabul qilishingiz yoki hisobotlarni qanday yig‘ishingizni ayting. Suhbatda vazifani aniqlab, avtomatlashtirish sxemasi va keyingi qadamni taklif qilamiz. Birinchi suhbat bepul.

Bevosita bog'lanish:
Telefon: +998 88 222 17 05
Telegram: @ceo_agent_ticket_bot

Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.